Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayollar tennisida eng yorqin «yulduz»lardan biri bo‘lgan sportchi 49 yoshida vafot etdi
Chexiyalik mashhur tennischi, Uimbldon-1998 g‘olibasi Yana Novotna 49 yoshida vafot etdi. Bu haqda RT xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, Novotna uzoq vaqt davomida saratondan davolangan hamda Chexiyadagi o‘z uyida hayotdan ko‘z yumgan.
Mashhur sportchi o‘z faoliyati davomida yakkalik bahslarida 24 ta WTA musobaqasini va 76 tasini juftlikda yutib olgan.
Ma'lumot uchun, Yana Novotna 1968 yilning 2 oktabr kuni Chexoslovakiyaning Brno shahrida dunyoga kelgan. U 2006 yilda AQSh fuqaroligini ham qabul qilgan. Novotna o‘tgan asrning 90-yillarida ayollar tennisidagi eng yorqin «yulduz»lardan biri bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:10 / 20.02.2025
Zelimxon Haydarov Tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
17:50 / 17.02.2025
Botir Rahimov tennis federatsiyasiga rais bo‘ldi
16:46 / 26.01.2025
Yannik Sinner yana Australian Open g‘olibi bo‘ldi
08:00 / 05.08.2024