Sport | 22:30 / 20.11.2017
15408
1 daqiqa o‘qiladi

Atlantada eng katta stadionlardan biri portlatib yuborildi

AQSh Jorjiya shtati markazi Atlanta shahrida Georgia Dome stadioni portlatib yuborildi.

«Atlanta Felkonz» amerikacha futbol jamoasi ishtirok etadigan va 71 mingdan ortiq tomoshabinga mo‘ljallangan o‘yingohning yer bilan yakson qilinishi uchun 2,5 tonna portlovchi modda va atigi 15 soniya vaqt kerak bo‘ldi.

«Georgia Dome» 1992 yilda barpo qilingan bo‘lib, u o‘z davrining tomi yopiq eng katta sport inshooti edi. Uning o‘rnini 100 metr masofa uzoqlikda barpo qilingan yangi Mercedes-Benz Stadium egalladi.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid