Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda yangi alyuminiy zavodi quriladi
Tojikistonda amaldagi alyuminiy korxonasi hududida alyuminiy ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod quriladi.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, bu haqda Dushanbe shahridagi brifingda «Tojik alyuminiy kompaniyasi» DUKning axborot va jamoatchilik bilan aloqalar departamenti rahbari Igor Sattorov xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda Tojik alyuminiy kompaniyasi (TALKO) alyuminiy ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich va to‘la modernizatsiya qilish hamda uni yangi, zamonaviy texnologiyalarga o‘tkazish bo‘yicha Dasturni amalga oshirishni rejalashtirgan.
«Ayni damda 4 oydan so‘ng 43 yoshga to‘ladigan korxona eskirgan asbob-uskunalarni ta'mirlashga juda yirik mablag‘larni ajratishga majbur. Modernizatsiya dasturi eng yaqin istiqbolda barcha asosiy fondlarni yangilash, eski asbob-uskunlarni zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirish imkonini beradi. Bu esa alyuminiy ishlab chiqarishni ancha oshiradi», - deya aniqlik kiritdi I.Sattorov.
Zavodni qurish 2018 yilda boshlanadi, qurilish muddati – 1,5 yil. Loyihaning umumiy qiymati 1,6 mlrd. dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
15:23 / 19.03.2025
AQShda humanoid robotlar o‘ziga o‘xshash mashinalarni yaratadigan zavod ochilmoqda
14:59 / 03.03.2025
Ufada neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi
21:34 / 31.01.2025
Finlandiyada 200 mln dollarga portlovchi moddalar ishlab chiqarish zavodi quriladi
12:01 / 15.01.2025