Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqin yillarda suv resurslariga bo‘lgan bosim kuchayadi
Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslariga bo‘lgan bosim yanada kuchayadi. 21 noyabr kuni Yevropa Ittifoqining qo‘llab-quvvatlashi ostida Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan suv resurslari muhofazasiga bag‘ishlangan anjumanda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOIEM) ijrochi direktori Iskandar Abdullayev shunday fikr bildirdi. Tadbirda qatnashgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasi zaxira boyliklari zich joylashgan mintaqa bo‘lib, unda suv resurslarining iqtisodiyotga ta'siri yuqori. Yaqin yillarda suv resurslariga bo‘lgan bosim faqat oshib boradi. Demografik va iqtisodiy omillar suv resurslariga bo‘lgan bosimni belgilovchi omillar hisoblanadi.
"Hozirda Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi soni 60 million kishini tashkil qilayotgan bo‘lsa, 2050 yilga borib, bu ko‘rsatkich 90-100 million nafarga yetadi va tabiiyki, mintaqa suv resurslariga nisbatan bosim yanada kuchayadi. Shu bilan birga, ushbu mintaqa iqtisodiyoti ham o‘sib borayotganini ta'kidlash joiz - hozirda Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy YaIM 450-500 milliard dollarni tashkil qilayotgan bo‘lsa, u yiliga 2-3 milliard dollarga o‘sadi. Shunday ekan, suv resurslariga nisbatan iqtisodiy bosim ham kuchayib boradi", - deydi Iskandar Abdullayev.
Uning ta'kidlashicha, Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslaridan noratsional foydalanish muammosi hanuz dolzarb. Bunga Abdullayev Orol dengizini misol sifatida keltirdi.
"Bir avlod davomida qurib ketgan Orol dengizi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ta'kidlash joizki, biz hozir keragidan ortiq suv iste'mol qilyapmiz. Shunday ekan, mamlakatlar oldida nafaqat eskirgan infratuzilma, balki boshqaruv institutlari islohotlari masalasi ham turibdi. Biz bu o‘zgarishlarning zarur ekanini anglab yetishimiz kerak. Qishloq xo‘jaligi va energetika suvdan mustaqil bo‘lishi uchun, suvga tobe'likdan suv resurslaridan yanada tejamli foydalanishga o‘tish kerak bo‘ladi", - deydi mutaxassis.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
15:03 / 01.05.2025