Sport | 08:52 / 22.11.2017
7908
2 daqiqa o‘qiladi

«Monako» va «Borussiya» YeChLni tark etadi

Chempionlar ligasining 5-turidagi seshanba kungi uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra, turnirda doimiy ravishda pley-off bosqichlarida o‘ynab kelgan Germaniyaning «Borussiya» va o‘tgan mavsumda yarim finalda qatnashgan Fransiyaning «Monako» klubi guruh bosqichidayoq turnirni tark etadigan bo‘ldi.

Nemislar jamoasi o‘z uyida «Tottenhem»ga mag‘lub bo‘ldi (1:2).

Dortmundliklar endi Yevropa Ligasida o‘z omadini sinab ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Oxirgi turni jamoa keyingi bosqichga ikkinchi o‘rin bilan chiqqan «Real»ga qarshi o‘tkazadi.

«Monako» esa «Leyptsig»ga o‘z maydonida 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va 2 ochko bilan oxirgi o‘rinda qoldi. Bu guruhda «Beshiktosh» 11 ochko bilan birinchi o‘rinda, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda «Portu» (7) hamda «Leyptsig» (4) joylashgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid