Putin JCh-2018 qur'a tashlash marosimida ishtirok etishi mumkin
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning 2018 yilgi jahon chempionati qur'a tashlash marosimida ishtirok etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz bunday imkoniyatni istisno etmayapmiz, umid qilamizki, prezidentda bunga vaqt topiladi”, deb aytgan Peskov.
Peskovning aytishicha, jahon chempionatiga tayyorgarlik ham texnik, ham infratuzilma nuqtai nazaridan, ham mazmunan davom etmoqda. “Tayyorgarlik ishlari jadal ketmoqda, jahon chempionati ajoyib bo‘lishi kutilmoqda”, deb aytgan Peskov.
Qur'a tashlash marosimi 1 dekabrda Kreml davlat saroyida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Miroslav Kloze jahon chempionati kubogini sahnaga olib chiqadi. Jahon chempionati finaliga chiqqan jamoalar o‘z reytinglariga monand 4 savatchaga bo‘linadilar. Qur'a tashlash davomida jamoalar 4 tadan qilib 8 ta guruhga taqsimlanadilar.
Mavzuga oid
20:58
Putin Hindistonga boradi
17:29 / 18.11.2024
Bloomberg: Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina urushini muzlatib qo‘yish rejasini tayyorladi
14:30 / 18.11.2024
Peskov: Putin va Tramp o‘rtasidagi suhbat bo‘yicha hozircha tayyorgarlik yo‘q
13:15 / 18.11.2024