Jahon | 12:13 / 24.11.2017
18900
1 daqiqa o‘qiladi

1100 ta o‘q. Las-vegaslik qotil haqida yangi ma'lumot berildi 

Foto: Global Look Press

Las-Vegasda odamlarni ommaviy ravishda o‘ldirgan Stiven Peddok festival ishtirokchilariga qarata hammasi bo‘lib 1,1 ming martadan ko‘proq o‘q uzgan. Bu haqda sherif Jo Lombardo xabar berdi, deb yozmoqda Las Vegas Review-Journal nashri.

Otishma joriy yilning 2 oktabriga o‘tar kechasi yuz berdi, natijada 58 inson hayotdan bevaqt ko‘z yumdi, 500 dan oshiq odam jarohatlandi.

Sherifning so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar Peddok o‘q uzishni nega to‘xtatganini hali aniqlay olishmagan. Mehmonxonadagi uning xonasidan yana taxminan 4 mingta patron topildi. Biroq, Lombardo «mergan» nechta quroldan foydalangani bo‘yicha aniq ma'lumot berishdan bosh tortdi.

Avvalroq vegaslik qotil mehmonxona va kazino biznesiga «zarba bergani» xabar qilingandi.

Mavzuga oid