Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyaning 1 mlrd funtlik yangi harbiy kemasi Fors ko‘rfazida buzilib qoldi
Buyuk Britaniyaning Qirollik harbiy-dengiz kuchlarining 1 mlrd. funt sterling evaziga barpo etilgan zamonaviy harbiy jangovar esminetsi Fors ko‘rfaziga safarbarligini erta tugatadigan bo‘ldi. U Buyuk Britaniyaga qaytmoqda. Shu bilan mamlakat vaqtincha bo‘lsa-da, harbiy kemalarsiz qoldi. Chunki undan boshqa 5 ta jangovar kema ham ta'mirlanmoqda.
The HMS Diamond Type 45 buzuvchi esminetsi Fors ko‘rfazi mintaqasida savdo yo‘llarini himoya qilish maqsadida 9 oylik safarbarlikni ado qilayotgan edi. Biroq ikki oy o‘tar-o‘tmas, u ortga qaytishga majbur bo‘lmoqda.
“Biz HMS Diamond texnik jihatdan buzilganini tasdiqlaymiz, ammo jangovar kemalarining ahvolini batafsil muhokama qilmaymiz va izohlamaymiz”, - degan HDK rasmiy vakili.
Biroq Britaniya OAVning xabar qilishicha, kema propeller bilan muammoga duch kelgan, harbiy-dengizchi muhandislar uni joyida tuzatishning uddasidan chiqa olishmagan. Shunday qilib, esminets Qirollik HDFning ta'mirlanayotgan 5 ta kemasi safidan joy oladi. Ularning barchasi BAE Systems va Rolls-Royce tomonidan barpo qilingan.
Qirollik esminetslari buzilayotganiga Fors ko‘rfazidagi iliq suv sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Rolls-Royce vakili mudofaa qo‘mitasiga ma'lum qilishicha, Yaqin Sharqdagi tabiiy shart-sharoitlar kemalar motori ishlashi lozim bo‘lgan talablarga javob bermaydi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025