Sport | 14:30 / 24.11.2017
30036
2 daqiqa o‘qiladi

Kunning eng g‘alati goli. «Milan» uni nega 42 millionga sotib olgan?

«Austriya» klubi hujumchisi Kristof Monshayn Yevropa Ligasining guruh bosqichi 5-turi doirasida «Milan» darvozasini ishg‘ol qilib hisobni ochdi.

Bu gol oqshomning eng g‘alati goliga aylandi. Bu vaziyatda mehmonlar jamoasi hujumchisi qanotda harakatlanib, oldiga yugurib kelgan darvozabonni aldab o‘tdi va to‘pni o‘tkir burchakdan sekingina yumalatdi. Bu vaziyatda milanliklar himoyachisi Leonardo Bonuchchi to‘pni to‘xtatib qolish imkoniga ega bo‘lgandi, ammo u to‘pga noto‘g‘ri tashlandi va to‘p uning oyoqlari orasidan o‘tib darvozaga kirdi.

O‘yinning qolgan qismida «Milan» 5ta gol urdi va yirik g‘alabaga erishdi. Natijada milanliklar muddatidan oldin keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ishonchni oqlay olmagan bu qimmatbaho futbolchining harakatlari kinoya bilan kutib olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» shu yozda Bonuchchini 42 million yevro evaziga «Yuventus»dan sotib olgandi.

Mavzuga oid