Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesliga. Dortmunddagi «superotishma»da «Borussiya» 4ta gol farqini boy berdi va turning boshqa natijalari
Germaniya chempionatining 13-turida «Rur derbisi» o‘tkazildi. Unda Dortmundning «Borussiya» klubi o‘z maydonida «Shalke»ni qabul qildi.
O‘yin derbiga xos tarzda qiziqarli o‘tdi va gollarga boy bo‘ldi.
Qatorasiga 5 turdan buyon g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan «Borussiya» birinchi bo‘limning 14 daqiqasi ichida raqib darvozasiga 4ta (!) gol yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. «Shalke» esa ikkinchi bo‘limda uyg‘ondi va ikkita to‘p kiritib, hisobdagi farqni biroz qisqartirdi.
Shundan so‘ng, «Borussiya» yetakchisi Obameyang qizil karta olib, maydonni tark etdi. O‘yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida, «Shalke» yana bir gol urdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa 4-golni urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Bu natijadan so‘ng, «Borussiya» D 21 ochko to‘plab 4-o‘ringa chiqdi, «Shalke» 24 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. «Verder»ni 2:0 hisobida yenggan «RB Leyptsig» 26 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. 29 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan «Bavariya» kechroq, safarda «Borussiya» M klubi bilan bellashadi.
Germaniya chempionati, 13-tur
25 noyabr
Borussiya D – Shalke-04 - 4:4 (4:0, 0:4)
Gollar: 1:0 – 12 Obameyang, 2:0 – 18, avtogol Stambuli, 3:0 – 20 Gettse, 4:0 – 25 Gerreyru, 4:1 – 61 Burgshtaller, 4:2 – 65 Xarit, 4:3 – 86 Kalidjuri, 4:4 – 90+4 Naldo.
Chetlatish: Obameyang (72, Borussiya).
Augsburg – Volfsburg 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 40 Didavi, 1:1 – 51 Gregorich, 2:1 – 78 Finnbogason.
Chetlatish: Arnold (11, Volfsburg).
Ayntraxt F – Bayyer 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 76 Folland.
Frayburg – Maynts 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 51 Petersen, 2:0 – 90 Kat, 2:1 – 90 Berggren.
RB Leyptsig – Verder 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 34 Keyta, 2:0 – 87 Bernardo.
Mavzuga oid
01:58 / 02.06.2024
«Real» - 15 karra Chempionlar Ligasi g‘olibi
13:01 / 28.05.2023
Germaniyada drama, Messi Ronalduning rekordini yangiladi. Yevropada kun o‘yinlari
03:23 / 08.03.2023
YeChL. «Chelsi» 2023 yilda yutqazmagan «Borussiya D»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Benfika» ham 1/4 finalda
03:13 / 16.02.2023