Jahon | 08:19 / 26.11.2017
11450
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Nigeriya shimolidagi shahar jangarilar tomondan bosib olindi

Foto: allafrica.com

Taxmin qilinishicha, “Boko Harom” radikal guruhi jangarilari Nigeriya shimoli-sharqidagi Magumeri shahrini bosib olishdi. Bu haqda 26 noyabrda mahalliy aholiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ko‘plab odamlar hujumdan yashirinib yaqin oradagi o‘rmonga qochib ketishgan. Axborot agentligining Nigeriya qurolli kuchlaridagi manbasi shaharga hujum qilinganini ma'lum qilgan, biroq shaharning bosib olingani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamagan.

“Boko Harom” Nigeriya shimoli va shimoli-sharqida harakat qiluvchi radikal gruh bo‘lib, uning jangarilari qo‘shni davlatlar – Niger, Kameran va Chad hududlarida ham hujumlar amalga oshiradi. Guruh butun Nigeriya bo‘ylab islom halifaligi tashkil etilishi va shariat me'yorlari kiritilishiga erishmoqchi bo‘lib keladi.

2009 yildan hozirgi kungacha guruh jangarilari tomondan Chad ko‘li bo‘yida joylashgan davlatlarning 20 mingdan ko‘proq aholisi o‘ldirilgan. 2,6 mln kishi qochqinlar va majburiy ko‘chgan odamlarga aylanganlar. Bundan tashqari, ekstremistlar tomondan o‘ng minglab odamlar o‘g‘irlab ketilgan. 2015 yil martida guruh IShIDga sodiqlikka qasamyod keltirgan.

Mavzuga oid