Sport | 00:16 / 26.11.2017
18975
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘tayotgan xalqaro turnirda to‘rt bokschimiz finalga yo‘l oldi

Foto: rusboxing.ru

Bugun Rossiyaning Beloyarskiy shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha «Neftga ega mamlakatlar kubogi»ning yarim final bellashuvlari yakunlandi.

52 kg vazn toifasida O‘zbekiston bayrog‘i ostida ringga chiqib kelayotgan Hasanboy Do‘smatov rossiyalik bokschi Artur Lojnikovga qarshi jang olib bordi va o‘z ustunligida o‘tgan qarama-qarshilikda Hasanboy hakamlar xulosasiga ko‘ra g‘alabaga erishdi.

64 kg vazn toifasida ringga chiqib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov final uchun kechgan jangda mezbonlar bokschisi Alis Sharifovga qarshi ringga chiqdi. Teng kurashlar o‘tgan baslashuvda rossiyalik bokschi sportchimizning keskin qarshiliga duch keldi va pirovard natijada Iqboljon yarim fainal jang g‘olibi bo‘ldi.

75 kg vaznda raqiblarini birin-ketin yutib kelayotgan yurtdoshimiz Isroil Madrimov yarim final jangida belaruslik Vladislav Savostyanovga qarshi ringga ko‘tarildi. Tajribali bokschimiz jang yakunida hakamlarning bir ovozdan qabul qilingan qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi.

–91 kg vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasida o‘tgan yarim final jangida ringga chiqqan bokschimiz Sanjar Tursunov belaruslik Sergey Kornev bilan kuch sinashdi va o‘zigacha ringda g‘olib bo‘lib, final yo‘llanmasini naqd qilgan vakillarimizning muvaffaqiyatini davom ettirdi.

Shunday qilib, ertaga 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan final janglarida Hasanboy Do‘smatov (52 kg), Iqboljon Xoldorov (64), Isroil Madrimov (75 kg) va Sanjar Tursunov (–91 kg) O‘zbekiston nomidan ringga ko‘tarilishadi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid