Jamiyat | 09:54 / 27.11.2017
14007
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi avtofalokat oqibatida ko‘prikdan sigirlar “yog‘ildi”

Foto: The Sun

AQShning Yuta shtatidagi Riverdeyl shahrida sigirlarni tashib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida odamlar jarohat oldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda. 

Yuk mashinasi yo‘l harakati qoidalarini buzib, tezlikni oshirgan. Oqibatda fura ko‘prik chetidagi devorga urilgan va yonboshlab qolgan. Kuzovga ancha talofat yetib, uning ichidagi sigirlar pastdagi avtomobil yo‘liga tusha boshlagan. Mashinadagi 25 ta sigirdan ba'zilari tirik qolib, yon atrofga tarqala boshlagan. Bu orada ko‘prik ostidan o‘tayotgan ba'zi haydovchilar jarohat olishgan.

Foto: The Sun

Yuz bergan voqea sababli politsiyachilar qatnovni to‘xtatishga majbur bo‘lishgan va buning oqibatida ko‘p kilometrlik tirbandlik yuzaga kelgan. Yuk mashinasi haydovchisiga hech narsa qilmagan. U tezlikni oshirishda ayblanmoqda. 

Foto: The Sun

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid