Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidenti operatsiya qilingandan keyin shifoxonadan chiqdi
Braziliya prezidenti Mishel Temer 25 noyabrga o‘tar kechasi yuragida operatsiyani boshdan o‘tkazib, 27 noyabrda shifoxonadan chiqishga ruxsat oldi. Bu haqda Globo telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Temer San-Pauludan qarorgohi joylashgan Braziliyaga yo‘l olgan.
“U chiqarilib yuborildi va bugun kechasi o‘zining odatdagi kun tartibiga qaytadi. Biz unga bu hafta o‘zini ehtiyot qilishni – dam olishni, ishchi jadvalini yengilroq tuzishni tavsiya qildik”, deb aytgan Temerni davolagan kardiolog Robertu Kalil Filyu.
25 noyabrga o‘tar kechasi Temerga yurak qon tomirining toraygan joyini kengaytirishga mo‘ljallangan stent o‘rnatilgan. Temer San-Pauludagi xususiy klinikalardan birining kardiologik bo‘limida davolangan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025