Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Markaziy hamda Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan yirik strategik loyihalarni moliyalashtiradi
27 noyabr kuni Xitoy hukumati 16 Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakati bilan hamkorlikda yirik strategik loyihalarni moliyalashtiruvchi tashkilotning tuzilishi haqida e'lon qildi. "Sinxua" agentligi shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tashkilot Xitoy va Markaziy hamda Sharqiy Yevropa davlatlari (MShe) banklararo assotsiatsiyasi deya nomlanadi.
Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Xitoy taraqqiyot banki assotsiatsiyaga 2 milliard yevro taqdim etadi.
"Mazkur tashkilotni tuzishdan maqsad - xalqaro moliyaviy hamkorlik doirasida rivojlanish dasturlariga kreditlar taqdim etish", - deya izoh beradi XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan "16+1" (16 MShe davlati va Xitoy) formatdagi hukumatlar rahbarlarining Budapeshtda bo‘lib o‘tgan 6-sammitida.
U shuningdek Xitoy hukumati Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari rivoji ehtiyojlari uchun 1 milliard dollar ajratishini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘lar Xitoy va Markaziy hamda Sharqiy Yevropa mamlakatlari investitsion hamkorlik fondi tasarrufiga kelib tushadi.
Xitoy hukumati rahbari yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan Vengriya poytaxtiga keldi. Uning 2 dekabrga qadar davom etuvchi xorijiy turnesi keyingi manzili - Rossiya bo‘lib, u yerda Li Ketsyan ShHTga a'zo mamlakatlar hukumatlari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025