Reuters Putinning yana bir qizi borligining yangi tasdig‘ini topdi
Reuters axborot agentligi Katerina Tixonova Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi ekanligining yangi tasdig‘ini topishga muvaffaq bo‘lganini e'lon qildi.
2015 yil noyabrda Reuters axborot agentligi sport rok-n-rolli bilan shug‘ullanuvchi Katerina Tixonova Putinning qizi ekanligini ma'lum qilgandi. Axborot agentligi Putin va Tixonovani qarindoshlik rishtalari bog‘lab turishini “Gazprombank”ning direktorlar kengashi raisi o‘rinbosari Andrey Akimov tasdiqlaganini ma'lum qilgan. Akimov maqola chiqqandan keyin “Gazprombank” matbuot xizmati orqali buni aytmaganini ma'lum qilgan va axborot agentligini “faktlarni buzib ko‘rsatishda” ayblagan.
“Innopraktika” jamg‘armasi rahbari bo‘lgan Tixonova Putinning qizi ekanligini jurnalist Oleg Kashin va Bloomberg axborot agentligi ham ma'lum qilgan.
Endi esa agentlikka Tixonova va Putinning ota-bolaligini Xalqaro rok-n-roll federatsiyasining huquqiy masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Manfred Moxab tasdiqladi.
Axborot agentligi Moxabdan Tixonova Putinning qizi ekanligidan xabari bor-yo‘qligi haqida so‘raganda u “Ha. Men uni bilaman, ha, albatta” deb javob bergan. Savol qayta so‘ralganda Moxab boshini tasdiqlagandek qimirlatib, “Ha” deb javob qaytargan.
Moxab Akimovdan keyin Tixonova Putinning qizi ekanligini ommaviy ravishda tasdiqlagan birinchi odam bo‘ldi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Putinadan Mariya (1985) va Katerina (1986) ismli qizlari bor.
Mavzuga oid
17:32 / 27.11.2024
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
16:39 / 26.11.2024
Putin MDH va qo‘shni mintaqalarda vaziyatni beqarorlashtirishning oldini olishga chaqirdi
17:53 / 23.11.2024