Jahon | 00:18 / 28.11.2017
32623
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning eng yaxshi shaharlari reytingi tuzildi 

27 noyabrda Rossiya hukumati huzuridagi Moliya universiteti tomondan chop etilgan reytingga ko‘ra, Tyumen shahri turmush darajasi eng yaxshi bo‘lgan shahar deb topildi.

Tyumen mumkin bo‘lgan 100 balldan eng maksimal ball to‘pladi. 2-o‘rinni 99 ball bilan Grozniy, 3-o‘rinni 93 ball bilan Qozon, 4-o‘rinni esa 85 ball bilan Sankt-Peterburg egalladi. Moskva 75 ball bilan 8-o‘rinnigina egalladi. Shuncha ballga Kemerovo, Krasnoyarsk va Novosibirsk ham loyiq topilgan.

Universitetda tushuntirilishicha, baholash aholining o‘z shaharlaridagi vaziyat haqidagi fikrlariga asoslangan. Bunda sog‘liqni saqlashdagi vaziyat, yo‘llar holati, madaniyat darajasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi va boshqalar hisobga olingan.   

Foto: Finansovyy universitet pri Pravitelstve RF

“Bu ro‘yxatda Grozniyni alohida aytib o‘tish kerak. U oxirgi yil ichida turmush darajasining barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchidan ortda qolishni qisqartirgan”, deb aytdi tadqiqot rahbari, universitet prorektori Aleksey Zubets.

Mutaxassis shuningdek Sibir va Uzoq Sharqdagi shaharlar yuqori reytingga ega bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan. Bu hududlarda aholining turmushini yuqoriroq darajada ushlab turish uchun Markaziy Rossiyadan ko‘ra ko‘proq sa'y-harakatlar talab etiladi.

 

Mavzuga oid