Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti 4 dekabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniy O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan 4 dekabr kuni keladi. Bu haqda Afg‘onistonning respublikadagi elchixonasidan xabar berishgan.
Elchixona ma'lumotlariga ko‘ra, tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va prezidentning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.
Muzokaralarda oliy darajada bo‘lajak O‘zbekiston-Afg‘oniston uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari, xususan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi, deb xabar bergan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025