Jahon | 00:11 / 29.11.2017
15981
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Avstraliyaning 151 kilometrli plyaji

Foto: credit

Avstraliyada uzun va to‘g‘ri narsalar ko‘p - burilishlarsiz 145 kilometrli shosse, to‘g‘ri yo‘nalishdagi 478 kilometrli temir yo‘l va uzunligi 5600 kilometrli dingo itlaridan himoyalovchi dunyodagi eng uzun to‘siq. AmusingPlanet Viktoriya shtatidagi dunyodagi eng uzun uzluksiz plyajlaridan biri bo‘lgan "To‘qson mil" plyaji haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi. 

Photo credit
Photo credit

 

 

Plyaj uzunligi — 151 kilometr. Uning ortida esa — qum tepaliklari. Bu dunyoning inson qo‘li tegmagan kamdan-kam plyajlaridan biri

Photo credit
Photo credit

Plyaj va qirg‘oq oldi suvlari o‘zining bioxilma-xilligi bilan mashhur: 10 kvadrat metr maydonli uchastkada 860 turni aniqlash mumkin!

Photo credit
Photo credit

"To‘qson mil" plyaji har yili ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qilib keladi. Qirg‘oq bo‘yidagi mashhur shaharchalar sayyohlarga turli xizmat turlarini taklif qiladi. Masalan, kemping, piknik, kitlarni kuzatish, plyaj va suv bilan bog‘liq marosimlar. 

Photo credit
Photo credit

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid