Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kasperskiy qanday holatda Rossiyadan biznesini olib chiqib ketishi mumkinligini aytdi
Rossiya maxsus xizmatlari hech qachon “Laboratoriya Kasperskogo” kompaniyasidan G‘arbda odamlar ortidan kuzatuv olib borishda yordam berishni so‘rashmagan. Bu haqda kompaniya rahbari Yevgeniy Kasperskiy ma'lum qildi.
“Ular bizdan hech qachon odamlar ortidan ayg‘oqchilik qilishni so‘rashmagan. Hech qachon”, deb ta'kidlab o‘tgan Kasperskiy. Uning aytishicha, bunday iltimos kompaniyaning ishlash geografiyasini tubdan o‘zgartirib yuborgan bo‘lardi. “Agar Rossiya hukumati menga murojaat qilib, mendan yoki xodimlarimdan nimadir yomon narsa haqida iltimos qilsa, unda men butun kompaniyamni Rossiyadan olib chiqib ketgan bo‘lardim”, – deb aytmoqda Kasperskiy.
AQSh ichki xavfsizlik vazirligi sentabrda AQSh davlat muassasalarini “Laboratoriya Kasperskogo” ishlab chiqqan antivirus dasturlaridan voz kechishga chaqirgandi. Vazirlik bu talabning bajarilishi uchun 3 oy muhlat bergan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu holatga izoh berib, AQSh hukumatining bu qarorini siyosiylashgan deb atagandi. Rossiya hukumati AQShning bu qarorini raqobatchilikning nopok usulining namoyon bo‘lishi deb ta'riflagan. Kompaniyaning o‘zi esa bir necha marotaba kiberjosuslikka aloqasi yo‘qligini aytgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025