Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Qirg‘izistonning soxta pasporti bilan yashagan o‘zbekistonlik migrantlar ushlandi
Rossiya Ichki ishlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasi migratsiya masalalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari Federal xavfsizlik xizmati zobitlari bilan birgalikda O‘zbekistondan bo‘lgan besh nafar migrant tomonidan soxta hujjatlardan foydalanish holatiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Rossiya IIVning Ryazan viloyati bo‘yicha boshqarmasi sayti 28 noyabr, seshanba kuni xabar bergan.
Qonunbuzarlik holati Ryazanning Sovetsk tumanida aniqlangan. Shahar aholisidan Voykov ko‘chasidagi uylardan birida Rossiyada nolegal tarzda bo‘lib turgan fuqarolar yashashi haqida ma'lumot kelib tushgan.
Tekshiruv davomida O‘zbekistonning 24-34 yoshlar oralig‘idagi besh nafar fuqarosi Qirg‘iziston fuqarosi ekanligi haqidagi soxta hujjatlarni taqdim etdi. Aniqlanishicha, o‘zbekistonliklar Rossiyaga o‘z hujjatlari bilan kelishib, bu yerda hozircha shaxsi aniqlanmagan sotuvchilardan Qirg‘iziston fuqarolari hujjatlarini sotib olishgan. Ular ushbu mamlakat fuqarolariga mo‘ljallangan imtiyozlardan foydalanmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.
Migrantlarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 327-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishlari ochildi, ular 6 oygacha bo‘lgan muddatga qamalishi mumkin.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
19:21 / 01.05.2025