Jahon | 23:59 / 30.11.2017
17663
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik teleboshlovchi efir vaqtida halok bo‘lishiga bir baxya qoldi (video)

Foto: Getty Images

Avstraliya televideniyesining 10-kanali jonli efirida ayol boshlovchilardan biri suyuq azot bilan tajriba vaqtida halok bo‘lishiga bir baxya qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Studio 10 ertalabki shousi vaqtida fizika o‘qituvchisi va bloger Jyeykob Strikling koka-kola ichimligi bo‘lgan idishga suyuq azot quyib, idishni raketaga o‘xshab uchirish mumkinligini namoyish qilgan.

U buni muvaffaqiyatli namoyish qilgandan keyin, boshlovchilardan biri Natarsha Bellingga ushbu tajribani u bilan birga takrorlashni taklif qilgan: bloger idishga suyuq azot quyishi, boshlovchi esa uning buyrug‘iga ko‘ra idishni o‘girishi kerak bo‘lgan.

Biroq tajriba vaqtida nimadir noto‘g‘ri ketib, koka-kola va suyuq azotli idish boshlovchi uni o‘girishi bilanoq uchib ketgan va uning boshini shikastlashiga bir baxya qolgan.

Videoga qoldirilgan izohlarda foydalanuvchilar boshlovchini ham, bunday tajribalar o‘tkazib, atrofdagilarni xavfga qo‘yayotgan blogerni ham tanqid qilishgan. Ularning deyarli barchasi idishning bunday shiddat bilan uchishi boshlovchining o‘limiga olib kelishi mumkinligi haqidagi fikrga kelishgan.

Mavzuga oid