9000 metr balandlikdan sakrash mana bunday bo‘ladi (video)

Skaydayverlar jamoasi avtomobilda 9 ming metrdan ziyod balandlikda parvoz qilayotgan samolyotdan tushib qoldi. Tryuk yozilgan rolik YouTube'dagi Negative4 Productions kanaliga joylangan.
Rolikka keltirilgan ta'rifda ko‘rsatilishicha, samolyotdan sakrashga tayyorgarlik professional skaydayver va tryuklar tashkilotchisi Stiv Kertis rahbarligi ostida o‘tgan.
Sakrash oldidan mashinadan uzatish qutisi, dvigatel olib tashlangan, tom qismi kesilgan, shu bilan birga, aerodinamika yaxshi bo‘lishi uchun pastki qismi to‘liq yopilgan.
Tryuk tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, samolyotdan avtomobilda sakrash "Zona 51" harbiy bazasi hududida amalga oshirilgan va u jamoa ishtirokchilarining kichik jarohatlarini hisobga olmaganda, muvaffaqiyatli o‘tgan.

Mavzuga oid

23:14 / 07.09.2020
Aktyor Tom Kruz suratga olish vaqtida xavfli tryukni bajardi (foto)

15:47 / 30.07.2018
Xavfli tryukni ijro etmoqchi bo‘lgan erkak mashina ostida qoldi

16:19 / 17.05.2018
Butun dunyoga mashhur skeytbordchi 50 yoshga to‘lganini aqlbovar qilmas tryuklar bilan nishonladi

23:53 / 13.08.2017