Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik ayol yuk mashinasi ostida halok bo‘lishdan arang qutulib qoldi (video)
Xitoyning Chuntsin viloyatida yashovchi ayol yuk mashinasi ostida halok bo‘lishdan arang qutulib qoldi.
Voqea 28 noyabrda yuz bergan va boshqa bir avtomobil videoregistratori tomondan qayd qilingan. Videoda ko‘rinishicha, ayol yo‘lni yugurib o‘tmoqchi bo‘lganda, sirpanib ketib to‘g‘ridan kelayotgan yuk mashinasining old va orqa o‘qlari o‘rtasiga kirib ketgan.
Tan berish kerakki, haydovchi ham sergaklik qilib, vaqtida tormozni bosishga ulgurgan. So‘ngra mashinadan otilib chiqib, ayolga yordamga oshiqqan. Voqea guvohlari ham bir chekkada turishmagan va jabrlanuvchiga ko‘mak ko‘rsatishgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayol jiddiy jarohat olmagan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025