Jahon | 07:47 / 01.12.2017
7582
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Zimbabve prezidenti yangi hukumatni shakllantirdi

Foto: Reuters

Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva mamlakatning yangi hukumatini taqdim etdi. Bu haqda ZBC telekanali xabar qilmoqda.

Xususan, ma'lumotlarga ko‘ra, moliya va iqtisodiy taraqqiyot vaziri sifatida Patrik Chinamas tanishtirilgan. U bundan avval kiberxavfsizlik va tahdidlarni aniqlash vaziri bo‘lgan. General Sibusiso Moyo tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi. Avvalgi makroiqtisodiy rejalashtirish va investitsiyalarni rivojlantirish vaziri Simbarashe Mumbengegvi prezident ishlari va hukumat dasturlarini monitoring qilish bo‘yicha vazir lavozimini egallaydi. Kembo Moxadi mudofaa vaziri bo‘ldi. U Roberte Mugabe davrida davlat xavfsizligini boshqarmasi vazirligi rahbari bo‘lgan edi.

Prezident ro‘yxatida 22 yangi vazirning ism-sharifi ham qayd etilgan. Davlat rahbari 27 noyabrda sobiq prezident davridagi hukumatni tarqatib yubordi. 29 noyabrda Mnangagva vazirlik lavozimlarini qisqartirish niyatini bildirdi. ZBC telekanaliga ko‘ra, vazirlarning soni yangi hukumatda 11 ta o‘ringa qisqargan. 

Ma'lumki, 21 noyabr kuni 37 yil mobaynida mamlakati boshqargan Robert Mugabe iste'foga chiqqanini e'lon qildi. Bunga zimbabvelik harbiylar hukumat va parlament binolariga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘yib, televideniyeni nazoratga olgani hamda prezidentni uy qamog‘iga joylashtirishgani sabab bo‘ldi. 

Mnangagva 24 noyabrda yangi prezident sifatida qasamyod qildi. 

Mavzuga oid