Yaqin qarindoshning qamalgani ishga joylashishda e'tiborga olinmaydi – adliya vaziri
O‘zbekiston Adliya vazirligi rahbari Ruslanbek Davletov yaqin qarindosh yoki o‘zining sudlanganligi ishga olishda to‘sqinlik qilmasligi uchun yangi me'yor ishlab chiqilganini bildirdi. Unga ko‘ra, yaqin qarindoshi yoki o‘zi sudlangani munosabati bilan ishga qabul qilmaslik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Mehnat kodeksining 78-moddasiga taqiqlovchi normani kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Adliya vaziri O‘zA muxbiri bilan suhbatda shu va boshqa ko‘plab masalalar haqida so‘z yuritdi.
“Bosh qomusimizda birinchi o‘rinda inson, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, undan keyin davlat organlari, ularning huquq va majburiyatlari o‘z aksini topgan, – deydi R.Davletov. – Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etilishi davlat organlarining xalqimiz oldida mas'ulligidan dalolat beradi”.
Davlat rahbarining har bir harakati, fikr va mulohazalari, ayniqsa “xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan so‘zlari, Konstitutsiyaning 2-moddasidagi qoidaning yorqin amaliy ifodasidir. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 2-moddasida qayd etilganidek, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar.
Xalq bilan muloqotning yangi konsepsiyasi e'lon qilinishi, Prezidentning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari tashkil etilishi, uni boshqarish uchun yaxlit vertikal tizimning joriy etilishi, shuningdek, fuqarolarning dunyoqarashini butunlay o‘zgartirgan muvaffaqiyatli faoliyati, bularning barchasi shunday katta ahamiyatga ega bo‘ldiki, ko‘plab olimlar va ekpertlar mazkur yangi fenomen sohadagi nazariy asoslarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilayotganini ta'kidlamoqda.
Adliya vazirligi tizimida inson huquqlarini himoya qilish izchil yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 9 oyi mobaynida adliya idoralariga bu yo‘nalishda 3,2 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxs murojaat qildi. Ularning aksariyati qanoatlantirilib, mingga yaqin shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 440 da'vo arizasi hamda aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 180 ma'muriy va 11 jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.
O‘tkazilgan monitoring va nazorat tadbirlari davomida tegishli idoralarga kiritilgan taqdimnoma va ogohnomalar natijasida 46 noqonuniy hujjat ijrosi to‘xtatildi va bekor qilindi. 527 mansabdor shaxs tegishli intizomiy jazoga tortildi. Shulardan 84 nafari egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Mavzuga oid

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025