Sizning daho bo‘lishingizga yordam beruvchi 33 ta internet sayti
Tadbirkor Tomas Oppong Medium portalida e'lon qilgan eslatmasida o‘zining aqliy salohiyatini rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun 33 sayt manzilini joylashtirdi. Siz ularning bir qismidan foydalansangiz ham hayotingizda o‘zgarishlar bo‘lishini ko‘rasiz.
Ma'lumki, internet yangi bilimlar manbasi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Chunki Oksford professorining yozgan kitobini izlab yurish shart emas, chunki ayni shu mutaxassis onlayn kurslarni tashkil etgan bo‘lishi mumkin.
Biroq ta'lim beruvchi saytlar soni ko‘payib borayotgani ham sezilarli muammoga aylangan. Ularning har biri o‘nlab va hatto yuzlab kurslarga egaligi e'tiborga olinsa, foydalilarini tanlash uchun ham vaqt talab etiladi. Quyida tadbirkor va bloger Tomas Oppong bu tashvishni yengillashtiradi. Faqatgina, bu saytlarning aksariyati ingliz tilidadir.
BBC Future — zamonaviy dunyo haqidagi maqolalar va videolar sayti
99U — Yetakchilik, samaradorlik va o‘zini tarbiya qilishga doir YouTube-sahifasi
YouTube EDU — Ta'lim videolarini o‘z ichiga olgan YouTube qismi
WikiWand — «Vikipediya» saytining ancha puxta ishlangan interfeysi
The long read (The Guardian) —The Guardian nashrining o‘yga toldiruvchilar lavhalar bo‘limi
TED — o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashuvchi ilg‘or kishilar ishtirokidagi video
iTunes U — Yetakchi universitetlarning ma'ruzalariga bag‘ishlangan iTunes bo‘limi
Insightful Questions —Reddit ijtimoiy tarmog‘ining intellektual muhokamalar bo‘limi
Cerego — kishining kuchli va zaif tomonlariga bog‘liq ta'lim berish rejasini ishlab chiquvchi xizmat
University of the People — turli mutaxassisliklar bo‘yicha bepul kurslarni taqdim etuvchi onlayn-universitet
Open Sesame — kurslarni sotish uchun maydon
CreativeLive — ijodiy mutaxassisliklar bo‘yicha jahon ekspertlaridan bepul kurslar
Coursera — dunyoning yuzlab mashhur universitetlarining kurslariga ega sayt
University of Reddit — Reddit ijtimoiy tarmog‘ining foydalanuvchilar o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashadigan bo‘limi
Quora — biznesdan komikslargacha bo‘lgan turli xil savollarga javob topish mumkin bo‘lgan sayt
Digital Photography School — fotosuratga olishni o‘rgatishga bag‘ishlangan sayt
Umano — ma'ruza va maqolalar o‘qilgan yirik audioyozuvlar zaxirasi
Peer 2 Peer University — ochiq ta'lim loyihasi
MIT Open CourseWare — Massachusets texnologiya instituta bepul kurslari
Gibbon — ta'lim beruvchi pley-listlarni tashkil etuvchi xizmat
Investopedia — investitsiya kiritish, moliya bozorlaridagi o‘yinlar va shaxsiy moliyani ta'lim beradi
Udacity — texnik yo‘nalishdagi onlayn-kurslar
Mozilla Developer Network — veb-dasturlovchilari uchun hujjatlar
Future Learn — yetakchi univversitetlardan bepul onlayn darslar
Google Scholar — ilmiy adabiyotlar: kitoblar, maqolalar, jurnallar va boshqa manbalardan qidirish
Brain Pump — har kuni nimadir yangi narsa o‘rganish mumkin bo‘lgan sayt
Mental Floss — turli sohalardagi bilim darajasini aniqlash bo‘yicha testlar
Learnist — ekspertlar tomonidan tanlangan mavzular bilan ta'lim berish
DataCamp — ma'lumotlar fani bo‘yicha onlayn-tutoriallar va kurslar
edX — turli universitetlarning onlayn-kurslari
Highbrow — elektron pochtaga yuboriladigan uncha katta bo‘lmagan kunlik kurslar
Coursmos — e'tiborini tez-tez boshqa narsalarga qaratadiganlar uchun qisqa kurslar
Platzi — dizayn, marketing va dasturlash bo‘yicha onlayn-darslar
Mavzuga oid
20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi
08:41 / 06.11.2020
O‘zbekistonda talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi
13:52 / 02.11.2020
Starlink internetining tezligi raqobatchilaridan 4 barobar yuqoriligi ma'lum bo‘ldi
20:29 / 29.10.2020