Jahon | 11:56 / 04.12.2017
21153
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda «superoy»ning videosi tarqaldi

Yakshanba, 3 dekabr kuni kechqurun yulduzli osmonni kuzatishni yaxshi ko‘radigan barcha «superoy» hodisasini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. Bunda Yerning yo‘ldoshi odatdagidan kattaroq va yorqinroq ko‘rinadi. Amerikaning ABC telekanali Qo‘shma Shtatlarning Rod-Aylend shtatida Oyning botishi tasvirlangan va tezlashtirilgan videoyozuvni e'lon qildi.

Bi-bi-si’ning Qirollik astronomiya jamiyati mutaxassisi Robert Messiga tayangan holda xabar berishicha, to‘la Oy tunning qoq yarmida juda yorqin ko‘ringan, bu paytda u osmondagi eng yuqori nuqtaga yetdi.

Biroq, hajmdagi 7 foiz va yorqinlikdagi 15 foizlik farq oddiy Oy bilan taqqoslaganda maxsus asboblarsiz kuzatgan odamlar uchun juda sezilarli bo‘lmagan.

Bu safar Yerning yo‘ldoshi bizga 358 499 kilometrlik masofaga yaqinlashdi – bu odatdagidan 26 ming kilometrga yaqinroqdir.

O‘tgan yili esa Oy Yerga 1948 yildan beri ilk marta eng yaqin masofaga kelgan, hamda keyingi safar bunday hodisa faqatgina 2034 yilning 25 noyabr kuni yuz beradi.

NASA yakshanba kungi hodisani «superoy trilogiyasining» birinchi qismi deb atadi, sababi fenomen uch hodisaga cho‘ziladi. Oyning Yerdan minimal masofada bo‘lib turganida yana ikkita shunday hodisa kuzatilishi mumkin: 1 va 31 yanvarda.

Mavzuga oid