Sport | 23:16 / 04.12.2017
17897
2 daqiqa o‘qiladi

Kopaning ketishi. Mavsumning so‘nggi o‘yinidan fotoreportaj

Bugun, 4 dekabr kuni O‘zbekiston futbolida mavsumning oxirgi uchrashuvi o‘tkazildi. «Bunyodkor» stadionida O‘zbekiston Kubogi uchun saf tortgan «Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari 30 mingdan ortiq muxlis guvohligida to‘p surishdi.

O‘yinda «Lokomotiv» hujumchisi Marat Bikmayev tomonidan urilgan gol yagonaligini saqlab qoldi. Shu tariqa, o‘tgan oyda ketma-ket ikkinchi marta O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan «temiryo‘lchilar» futbolchilari endi O‘zbekiston Kubogini ham ketma-ket ikkinchi marta boshi uzra ko‘tarishdi.

O‘yindagi e'tiborli voqealardan biri «Lokomotiv» yarimhimoyachisi, O‘zbekiston terma jamoasida ko‘p yillar davomida to‘p surgan Timur Kapadze futbolchilik faoliyatini yakunlagani bo‘ldi. U bugun oxirgi marta yashil maydonda futbolchi sifatida to‘p surdi. O‘yindan keyin uni jamoadoshlari o‘ziga xos tarzda futboldan tashqari hayotga kuzatib qo‘yishdi.

KUN.UZ fotomuxbiri mavsumning oxirgi o‘yinida kuzatilgan voqealarni, uchrashuvning eng yorqin lahzalarini kameraga muhrladi.

Video: Stadionga tekin chipta bilan tushgan muxlislarga tekin to‘p ham kerak 

Foto. Muxlislar maydonga chiqib ketishdi, militsiya tartib o‘rnatdi

Mavzuga oid