Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pol Pogba kamida 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi
«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogbaga qo‘shimcha diskvalifikatsiya xavf solmoqda.
Bugun Angliya futbol assotsiatsiya «Arsenal» – «MYu» o‘yinida ishlagan Andre Marrinerdan ushbu vaziyat bo‘yicha hisobot qabul qiladi.
The Telegraph tarqatgan xabarga ko‘ra, Pogba o‘sha o‘yinda raqib jamoa himoyachisi Ektor Bellerinning oyog‘ini bosgani uchun yana 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi kutilmoqda. Bundan tashqari, agar uning hakamning qizil kartochkasini kinoya bilan qarshilab, qarshi olgani e'tiborga olinsa diskvalifikatsiya muddati yana uzayishi mumkin.
Hozircha Pogba o‘yin vaqtida olgan qizil kartochkasi tufayli keyingi turda «Manchester Siti»ga qarshi o‘tadigan derbi uchrashuvida jamoasiga yordam bera olmasligi aniq bo‘lgan. O‘yin 10 dekabr kuni «Old Trafford»da bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:41 / 18.04.2025