Sport | 16:50 / 04.12.2017
6257
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik sportchi pauerlifting bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi

2017 yilning 2-10 dekabr kunlari Meksikada paralimpiyaning pauerlifting sport turi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada 4 nafar hamyurtimiz vatanimiz sharafini ximoya qilmoqda.

Foto: Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

 Chempionatning ilk kunlari O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi sportchisi Qo‘ziyeva Roza ayollar o‘rtasida 55 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida kechgan bahsda ishtirok etib, 113 kilogramm toshni ko‘tarib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni ukraninalik sportchi Shevchuk Mariana hamda 1-o‘rinni meksikalik Perez Amaliya egallashdi.

Foto: Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

 

Foto: Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
Foto: Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada 57 davlatdan 300ga yaqin paralimpiya sportchisi kuch sinashmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid