Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Kecha, 4 dekabr kuni Z.M. Bobur nomli viloyat musiqali drama teatrida Qomusimiz qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Unda viloyatning barcha jabhalarida mehnat qilayotgan faollar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bayramda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda viloyat prokurori Muzaffar Egamberdiyevlar konstitutsiya – bu, istiqlol va mustaqil O‘zbekiston ramzi, g‘urur-iftixori, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, dini, irqi, tilidan qat'i nazar, barcha uchun mustahkam himoya, fuqarolik jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi dasturilamal hujjat ekanligini ta'kidlashdi.



Qutlug‘ sana munosabati bilan qator sohalarda uzoq va samarali mehnat qilgan bir guruh fidoyi viloyat vakillariga davlat mukofotlari topshirildi.
Tadbir davomida viloyat san'at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish qilindi.







KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025