Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy OAV kelishilgan o‘yinlar va sport korrupsiyasi haqida jar solmoqda
Xitoy sportidagi yuqori lavozimli rasmiylar davriy ravishda kelishilgan futbol o‘yinlari tashkil etadi. Sportchilar va hakamlarni tanlash tizimining o‘zi esa, shaffoflikdan juda uzoqda, deb yozmoqda Global Times.
"Sport sohasida yuqori lavozimni egallab kelayotgan rasmiy shaxslar davriy ravishda kelishilgan sport o‘yinlari tashkil etadi, sportchilar taqdirini nazorat qiladi... XXR Sport davlat boshqarmasi tomonidan sportchilar tanlash va hakamlarni tayinlash jarayoni shaffoflik talablariga javob bermaydi. Ayrim sport turlarida "medallarning yuqori daromad keltirishi" jarayonning korrupsiyalashuviga olib keldi. Bunda ayrim sportchilar terma jamoada o‘ringa ega bo‘lish uchun mulozimlarni sotib oladi", — deb yozadi nashr Xitoy yuridik sport uyushmasi a'zosiga tayangan holda.
Qayd etilishicha, har bir sportda sportchilarni qabul qilish bo‘yicha o‘z qoidasi bor. Biroq ularning hech biri oshkor etilmaydi. Ayrim sportchilarni bosh murabbiylar qabul qilsa, boshqalarini ma'muriy rahbarlar qabul qiladi.
"Suvga sakrash, suzish va gimnastikada ballarini hisoblashning aniq me'yorlari bo‘lmagani va sub'yektiv hakamlikka bog‘liqligi sababli jabr ko‘rmoqda", — deya ta'kidlaydi nashrning nomini ma'lum qilmagan manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Xitoy futboli – korrupsiyaning klassik namunasi, Xitoy superligasi – eng korrupsiyalashgan ligadir.
"Ayrim futbol jamoalari uchun mulozimlar, hakamlar va hatto kelishilgan o‘yinlarni tashkil etish oddiy holdir", — degan u.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025