Ruminiyaning sobiq qiroli Mixay I vafot etdi

Foto: © AP Photo/ Octav Ganea
Ruminiyaning sobiq qiroli Mixay I 5 dekabrda Shveytsariyadagi qarorgohida 96 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Ruminiya qirollik uyi ma'lum qildi.
2016 yil mart oyida sobiq qirolda onkologik kasallik aniqlangan. Mixay jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazgan. Qirollik toji asrovchisi etib uning qatta qizi Margareta tayinlandi.
Mixay Iosif Stalin, Uinston Cherchill, Franklin Ruzvelt kabi shaxslar bilan suhbatlashgan, Ruminiyaning Ikkinchi jahon urushi davridagi oxirgi rahbari hisoblanadi. U sobiq ittifoqning “Pobeda” harbiy ordenini olgan 5 nafar xorijlikdan biridir. Qirolning ortidan 5 nafar qizi va 5 nafar nabirasi qoldi.
Mavzuga oid

20:32 / 07.04.2025
Parijda Ruminiya qirollik uyi rahbari qo‘lga olindi

17:58 / 03.04.2025
Ruminiyada 30 yil davomida oddiy buyum sifatida qarab kelingan tosh 1 mln dollarlik qahrabo bo‘lib chiqdi

18:55 / 02.04.2025
Van Damm Ruminiyada odam savdosiga oid jinoiy ish figurantiga aylandi

23:40 / 08.03.2025