Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda Afg‘oniston konsulxonasi ochiladi, Hirotgacha temir yo‘l boradi
O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari muzokalari yakunida Termiz shahrida Afg‘onistonning konsulxonasini ochish to‘g‘risida kelishib olindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida «Mozori Sharif–Shibirg‘on–Maymana–Hirot» temir yo‘lini barpo etish bo‘yicha bitim imzolangan.
«Tashrif doirasida umumiy qiymati yarim milliard dollarga teng bug‘doy, qora metall prokati, mineral o‘g‘itlar, qurilish mollari, dukkakli va boshqa mahsulotlar eksporti bo‘yicha kelishuvlar bu yo‘lda katta qadam bo‘ladi», deyilgan xabarda.
«O‘zbekiston Afg‘onistonning yaqin qo‘shnisi sifatida bu jafokash zaminda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishidan hammadan ko‘ra ko‘proq manfaatdor ekanimizni yana bir bor ta'kidlayman», degan O‘zbekiston rahbari.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025