Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Qozog‘istonda yirik amaldorlar qo‘lga olindi
Janubiy Qozog‘iston viloyatining Sayram tumanida bir kunning ichida ikki yirik mansabdor shaxs qo‘lga olindi – sog‘liqni saqlash va adliya sohasida, deb xabar bermoqda Qozog‘iston OAV. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Milliy byuro departamenti xodimlari qo‘lga olishga oid muvaffaqiyatli amaliyotlarni o‘tkazishgan.
"Yakka tartibdagi tadbirkorlardan umumiy ovqatlanish sohasida savdo nuqtalari ochish jarayonida ijobiy xulosa berish maqsadida tizimli ravishda pora olib kelganlik, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda himoya ko‘rsatish holatlari uchun Janubiy Qozog‘iston viloyatining Sayram tumani Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari P.Utepov va shu tumanning Adliya boshqarmasi rahbari Z. Tuyneboyev qo‘lga olindi", - deya ma'lum qilishgan mahkama matbuot xizmatidan.
Sud qarori bilan qo‘lga olingan shaxslar Chimkent IIBning vaqtinchalik saqlash izolyatoriga olib ketildi. Ayni damda sudga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025