AQSh davlat departamenti Saakashvilining qo‘lga olinishiga izoh berdi

Foto: .Gazeta.ru
Vashington Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini Ukrainada qo‘lga olishga urinish bilan bog‘liq vaziyat ortidan kuzatmoqda va Ukraina hukumatini vaziyatni chuqurlashtirmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda davlat departamentining rasmiy vakili Xizer Noyyert ma'lum qildi.
“Biz Kiyevda yuz berayotgan vaziyat ortidan sinchkovlik bilan kuzatmoqdamiz. Bu masalada Ukraina hukumati bilan yaqin aloqada bo‘lib turibmiz. Bilasizki, Ukraina hukumati bilan yaxshi munosabatdamiz, biroq bu u bilan barcha vaziyat bo‘yicha roziligimizni anglatmaydi. Biz Ukraina hukumatini vaziyatni avj oldirmaslikka chaqiramiz”, deb aytgan Noyyert matbuot anjumanda. Uning aytishicha, AQSh barcha tomonlarni zo‘ravonlik qo‘llamaslikka va huquq ustuvorligi, xalqaro majburiyatlarga amal qilishga chaqirgan.
“Agar Ukraina hukumati kimnidir ushlasa, hibsga olsa, bu mamlakat qonunlari va me'yorlari bilan birga inson huquqlari borasidagi xalqaro majburiyatlarga mos holda ham amalga oshirilishi kerak”, deb aytgan davlat departamenti vakili.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025