O‘zbekiston | 18:10 / 06.12.2017
48251
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon shahri hokimi javobgarlikka tortilishi mumkin. Bosh prokuratura rasmiy xabar berdi

Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahardagi ta'lim muassasalarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlagani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

«Andijon shahar hokimi, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi D.Rahmatullayev joriy yilning 16 oktabr kuni shahardagi qator ta'lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligi holati yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilmoqda.

D.Rahmatullayevning harakatlarida sud tartibida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari bo‘lganligini inobatga olgan holda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan xalq deputatlari Kengashiga D.Rahmatullayevni javobgarlikka tortishga rozilik olish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgan», deyilgan Bosh prokuratura saytida berilgan xabarda.

Ayni vaqtda mazkur taqdimnoma Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Mavzuga oid. Yana direktorlar haqoratlandi. Bu safar Andijon

Bundan avvalroq Kun.uz manbasi Andijon viloyat prokuraturasi Dilmurod Rahmatullayev ishi bo‘yicha tergov ishini boshlagani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid