Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada o‘rta osiyoliklarni terrorchilik tashkilotiga yollagan shaxs ushlandi
Moskva shahrida tergovchilar 23 yoshli shaxsni qo‘lga olishdi, u terrorchilik faoliyatiga ko‘mak ko‘rsatishda gumonlanmoqda. Bu haqda TASS Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha Tergov bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Yuliya Ivanovaga tayangan holda xabar berdi.
"Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi 2016 yilning fevralidan to hozirgi vaqtga qadar, Moskva hududida bo‘la turib, O‘rta Osiyo davlatlaridan kelgan fuqarolarni Suriya hududida harakat qiluvchi xalqaro terrorchilik tashkilotlari va noqonuniy qurollangan tuzilmalarda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni sodir etishga jalb qilish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ayni damda u qo‘lga olindi", - deya aytib o‘tdi Ivanova.
Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1-qismi (“Terrorchilik faoliyatiga ko‘mak ko‘rsatish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Yaqin vaqt ichida unga ayblov qo‘yiladi va ehtiyot chorasi qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025