Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonga shakar yetkazib berishni boshladi
Rossiyaning "Prodimeks" kompaniyalar guruhi (KG) keng ko‘lamli eksport dasturini amalga oshira boshladi, uning doirasida O‘zbekiston bozoriga shakar yetkazib berish ham bor. Hozirgi kunga qadar respublikaga 50 vagon mahsulot yuborildi va har kuni yangi hajmlar yuklanmoqda. Bu haqda Abireg biznes yangiliklari agentligi xabar berdi.
«Joriy mavsumda shakar rejadagidan ortiq miqdorda ishlab chiqarilgani tufayli, biz ortiqcha mahsulotni xorijga eksport qilishga majburmiz. O‘zbekiston - biz uchun katta salohiyatga ega, qiziq bozor, uning hajmi vaziyatga katta ta'sir ko‘rsatish uchun yetarli», - deya aytib o‘tgan «Prodimeks» KG direktori o‘rinbosari Vadim Yerijyenskiy.
Agroxoldingdan aniqlik kiritishlaricha, respublikaga Rossiya shakarini yetkazib berish 26 yil davomida amalga oshirilmagan, bunga bojxona qiyinchiliklari sabab bo‘lgan. Rasmiy statistika ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning shakarga bo‘lgan yillik ehtiyoji taxminan 700 ming tonnani tashkil etadi.
Dastlabki prognozlarga qaraganda, joriy yilda agroxoldingda shakar ishlab chiqarish 1,5 million tonnaga teng bo‘ladi, bu o‘tgan yilgi natija – 1,4 million tonna bilan barobar. 2013 yildan beri xoldingda shakar ishlab chiqarish hajmi yiliga qariyb 640 ming tonnaga oshdi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, «Prodimeks» KG – Rossiyaning eng yirik agroxoldinglaridan biri bo‘lib, 1992 yilda tashkil etilgan. Voronej oblastida kompaniyaga sakkizta korxona tegishli. Agroxoldingning barcha shakar zavodlari sutkasiga 78,5 ming tonna qandlavlagini qayta ishlash imkoniga ega.
Mavzuga oid
14:27 / 09.12.2024
Misr O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish korxonasini quradi
15:55 / 05.11.2024
Homiladorlikda shakar iste’moli kamaytirilsa, bola ulg‘ayganda qandli diabetga chalinish xavfi pasayadi - tadqiqot
13:55 / 09.10.2024
Shakar qarish jarayonini tezlashtirishi ma’lum bo‘ldi
07:20 / 15.06.2024