O‘zbekiston | 18:15 / 07.12.2017
7254
1 daqiqa o‘qiladi

Advokatlik tuzilmalarining yangilangan namunaviy ishlar nomenklaturasi tasdiqlandi​

Foto: Fotolia

Advokatlar palatasi raisining buyrug‘i bilan Advokatlik tuzilmalarining yangilangan namunaviy ishlar nomenklaturasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy saytida xabar beriladi.

"Bu advokatlik tuzilmalari faoliyatida hujjatlar bilan ishlashni soddalashtirish va xodimlar uchun qulayliklar yaratishga xizmat qiladi", deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, yangi ishlar nomenklaturasi shu yilning 1 dekabr kunidan joriy etilgan.

Agar avval har bir advokatlik tuzilmasida 60 dan ortiq ishlar va 29 ta kitob yuritish zarur bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ishlar soni 6 marta qisqargan holda, faqat 10 ta ish  va 7 ta ro‘yxatga olish kitobini  yuritish tavsiya etiladi.

Buyruqni tayyorlashda tajribali amaliyotchilarning takliflari ham inobatga olingan. Yangi namunaviy ishlar nomenklaturasi va kitoblar bilan havola bo‘yicha tanishish mumkin.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid