Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Al-Quds Falastin poytaxti deb tan olinmas ekan, mintaqada tinchlik bo‘lmaydi – Mahmud Abbos
Falastin yetakchisi Mahmud Abbosning fikricha, Sharqiy Al-Quds Falastin poytaxti deb tan olinmaguncha mintaqada tinchlik-osoyishtalik bo‘lmaydi. Bu haqda FATH harakati markaziy qo‘mitasi a'zosi A'zam al-Ahmad aytib o‘tgan.
Uning aytishicha, Abbos AQSh Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishi bo‘yicha bayonotida “Sharqiy Al-Quds Falastin poytaxti deb olinmas ekan, mintaqada tinchlik-osoyishtalik bo‘lmasligi” haqidagi pozitsiyasini aniq bildirmoqchi.
Al-Ahmadning ma'lum qilishicha, Vashingtonning ushbu qarori bo‘yicha aniq choralar “Falastin rahbariyati tomondan dushanba kuni maxsus yig‘ilishda” qabul qilinadi. Bundan tashqari, “hozirda arab davlatlarining oliy darajadagi favqulodda uchrashuvini chaqirtirish bo‘yicha maslahatlashuvlar olib borilmoqda”.
Al-Ahmad AQSh ma'muriyati vakillarining AQSh prezidenti Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishi jarayoniga sodiqligi haqidagi so‘zlarini yolg‘on deb atadi. “Bu boshqa hech kimni aldab bo‘lmaydigan yolg‘ondir”, deb izoh bergan bu bayonotlarga al-Ahmad.
Al-Quds maqomi Falastin-Isroil ixtilofidagi eng muhim muammolardan biri bo‘lib, isroilliklar 1967 yilgi urushda shaharning sharqiy qismini egallab olishgan. Ular Al-Quds Isroil poytaxti ekanini ta'kidlashmoqda. Falastinliklar ham shaharning sharqiy qismini o‘z davlatlari poytaxti qilishmoqchi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025