Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev davlat organlarida saqlanib qolgan qo‘shtirnoq ichidagi «tizim» haqida fikr bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida «davlat organlariga kadrlarni tanlashda eskidan saqlanib qolgan, qo‘shtirnoq ichidagi bir «tizim» mavjud» ekanligi haqida so‘z yuritdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Prezidentning ta'kidlashicha, bu masala yaqin qarindoshlari sudlangan, deb fuqarolarni ishga qabul qilmaslik yoki yuqori lavozimlarga tayinlamaslik bilan bog‘liqdir.
«Bunday noma'qul yondashuv tufayli ko‘plab yoshlarimiz, malakali mutaxassislarimiz «beayb aybdor bo‘lib», yaqin qarindoshlarining qilmishlari uchun jabr tortib keldilar. O‘zingiz ayting, bu adolatdanmi? Nima sababdan bir jinoyat uchun butun bir avlod javob berishi kerak? Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi kerak?
Demokratik normalarga ham, hayotning bugungi talablariga ham mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan bunday adolatsiz «tizim»dan biz endi butunlay voz kechamiz», deb fikr bildirgan Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
21:49 / 26.02.2025
Tramp tarafdorlari Konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirmoqda
18:14 / 11.12.2024
Konstitutsiyaviy sud prokurorlarning ikkita vakolatini bekor qilishga chaqirdi
06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi
20:36 / 18.08.2023