O‘zbekiston | 16:14 / 08.12.2017
18248
3 daqiqa o‘qiladi

1-guruhga muzlatilgan go‘sht, shakar, sariyog‘ yetkazib berish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarga o‘zgartirish kiritildi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining qarori bilan Birinchi guruhga muzlatilgan go‘sht, shakar, sariyog‘ yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarga o‘zgartirish kiritildi.

Birinchi guruhga muzlatilgan go‘sht yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartirishlar: 

11 va 12-bandlardagi “gigiyena sertifikati” degan so‘zlar “sanitariya epidemiologik xulosa” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining 2013 yil 25 iyundagi 11-son qarori (ro‘yxat raqami 2485, 2013 yil 23 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 30-son, 399-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga shakar yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 15-bandidagi “gigiyena sertifikati” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik xulosasi” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining 2013 yil 25 iyundagi 7-son qarori (ro‘yxat raqami 2492, 2013 yil 27 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 31-son, 411-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga sariyog‘ yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 15-bandidagi “gigiyena sertifikati” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologik xulosasi” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Mazkur yuqoridagi ikki qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.

Mavzuga oid