Jahon | 16:16 / 08.12.2017
19849
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada Sitsiliya mafiyasining “cho‘qintirgan ona”si ushlandi

Foto: News.sky.com

Italiya politsiyasi “bosslar bossi” Tito Rinaning o‘limidan so‘ng, Sitsiliya mafiyasini boshqargani gumon qilinayotgan ayolni hibsga oldi. Mariya Angela Di Trapini mafiyaga qarshi chiqqan tadbirkor Libero Grassini o‘ldirganligi uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan Salvator Madonia vazifasini bajarishda ayblanmoqda. 

U 7 dekabr kuni 200 dan ortiq politsiyachi, vertolyotlar va maxsus o‘rgatilgan itlar jalb qilingan amaliyotda qo‘lga olingan. Di Trapini erining buyruqlarini Madonia guruhiga yetkazib, ijrosini nazorat qilgani tufayli 7 yilga qamalgan edi. 49 yoshli ayol to‘daning qamalgan a'zolarining oilalariga moliyaviy ko‘mak berish borasida ham qayg‘urgan. 

Rasmiylarga ko‘ra, Di Trapini ikki yil avval ozod etilganidan so‘ng, bossning xabar yetkazuvchisi bo‘lishdan tortib boshqa to‘dalar ishtirokida Cosa Nostra jinoiy guruhini qayta tiklash ustida ish olib borganini telefon orqali qilingan suhbatlarning audioyozuvlari isbotlaydi.
 
Yozuvlarning birida guruh a'zolaridan biri unga "uyning xonimi" deya murojaat qiladi. 

"Ozodlikka chiqarilgach, u Cosa Nostra guruhiga qaytdi va unda muhim o‘rin tuta boshladi", - degan prokuror Salvo De Lusa. 

Sitsiliyaning ma'muriy markazi Palermo shahrida Di Trapini bilan birga yana 24 kishi qo‘lga olingan. 

Di Trapini Cosa Nostra yetakchisi bo‘lgan vaqtda “Maxluq” laqabi bilan mashhur Rina o‘lganidan so‘ng, mafiya rahbarligini o‘z qo‘liga oldi. 

“Maxluq” mafiya sirlarini oshkor etmoqchi bo‘lgan otaning 13 yoshli farzandini o‘g‘irlab ketgan va kislotada eritib yuborgani bilan ham shunday nom qozongan edi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid