Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada “Supermen” ko‘rinishida mototsikl haydagan erkak ushlandi
Braziliyadagi serqatnov trassalardan birida “Supermen” ko‘rinishida, ya'ni mototsikl ustiga yotib olib uni boshqargan erkak ushlandi. U mototsiklni boshi yordamida boshqargan, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Videoda qoidabuzarni uning yonidan o‘tib ketayotgan avtomobil yo‘lovchilari tasvirga olganlarini ko‘rish mumkin. Video mahalliy A Voz de Annapolis gazetasiga jo‘natilgan, gazeta esa bu rolikni Facebook’dagi sahifasida joylashtirgan. Rolikda guvohlardan biri “Yigitga buni yo‘l politsiyasiga tushuntirishiga to‘g‘ri keladi”, deb aytgan.
Huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqdagi videoni o‘rganib, “supermen” yigitni ushlashgan. U mototsiklni atrofdagilarga xavf solgan holda haydash, himoya shlemi, davlat raqami va haydovchilik guvohnomasi yo‘qligida ayblandi. Politsiya “nayrangboz”ni garov puli evaziga qo‘yib yubormoqchi.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025