Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Chevrolet Aveo taqdim qilindi
Meksikada 2018 yilgi model qatoridan o‘rin olgan yangi Chevrolet Aveo modeli taqdim qilindi. Tan olish kerakki, mohiyatan bu model 2015 yilgi Chevrolet Sail sedanining biroz o‘zgartirilgan ko‘rinishidir. U Meksika bozoriga Aveo brendi ostida chiqarilmoqda. Ayni vaqtda Chevrolet Sail Xitoy va Janubiy Amerikada sotiladi.
Shimoliy Amerika uchun mo‘ljallangan Aveo modeli Sail’dan tumanga qarshi chiroqlari atrofidagi xromlangan hoshiyalar va saloni bezagining ba'zi unsurlari bilangina farqlanadi.
Sedan kapoti ostida 1,5 litrli, 107 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan. Mashinaning uzatmalar qutisi 6 pog‘onali mexanik yoki 6 tezlikli avtomat ko‘rinishida.
Mashina 4 ta xavfsizlik yostiqchasi, elektr privodli va isitish tizimiga ega tashqi oynalar, konditsioner, elektr lyuk, parkovka datchiklari bilan jihozlangan.
Ma'lum qilinishicha, avtomobil narxi 199 900 pesoni ( taxminan 10 ming dollar) tashkil qiladi. Yangi mashina yanvar oyidan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Hozirda Meksikada Chevrolet Sonic va Chevrolet Aveo T250 modellari sotiladi.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025