Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti 4 vazirni ishdan olib tashladi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov ishida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 4 vazirni bir vaqtning o‘zida ishdan olib tashladi.
“Neytralnyy Turkmenistan” hukumat gazetasining ma'lum qilishicha, Berdimuxamedov bu qarorni yilning 11 oyi natijalariga bag‘ishlangan hukumat yig‘ilishida qabul qilgan.
Sanoat vaziri Amanberdi Tuyliyev, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, Pensiya jamg‘armasi boshqaruv raisi Seyitmammed Akmammedov, temir yo‘l transporti vaziri Daryoguli Bashimov hamda qishloq va suv xo‘jaliklari vaziri Nursaxad Sapardurdiyev iste'foga chiqarilgan.
Turkmanistonning iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha davlat xizmati direktori Mammetxon Chakiyevning ma'lum qilishicha, yuqoridagi vazirliklarda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida mas'ul shaxslar tomondan xizmat lavozimini suiste'mol qilish, poraxo‘rlik, korrupsiya va davlat mablag‘larini o‘g‘irlash holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Berdimuxamedov qarori bilan sanoat vaziri etib Karim Durdimiradov tayinlangan. Avval u “Turkmenstandartlari” davlat xizmati raisi bo‘lgan. Qolgan vazirliklarda vazir lavozimini o‘rinbosarlar vaqtinchalik bajarib turadilar.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025