Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
35 yillik tanaffus. Saudiyada yana kinoteatrlar ochiladi
Saudiya Arabistoni hukumati 35 yil ichida birinchi marta yana kinoteatrlarni ochadi, deb xabar bermoqda Associated Press. Bu yosh valiahd shahzodaning navbatdagi qarori bo‘lib, u mamlakatni ijtimoiy qayta isloh qilishga yo‘naltirilgan.
11 dekabr kuni podshohlikda rezolyutsiya qabul qilindi, u tijoriy shakldagi kinoteatrlarga litsenziya olishga ruxsat beradi. Mamlakatda kinoteatrlar o‘tgan asrning 1980-yillarida kuzatilgan konservativ «to‘lqin» natijasida yopilgandi.
Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud o‘zini ijtimoiy o‘zgarishlar tarafdori sifatida ko‘rsatmoqda. Xususan, uning tashabbusi bilan ayollarga avtomobilni haydash bo‘yicha qo‘yilgan taqiq bekor qilindi hamda podshohlikka konsertlar va ko‘ngilochar tadbirlarning boshqa ko‘rinishlari qaytdi. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, kinoteatrlar yana 2018 yilning martida ochiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni podshohligiga yetakchi da'vogarlardan biri sanalgan va korrupsiyaga qarshi surishtiruv ishlari doirasida qo‘lga olingan shahzoda Mutayib bin Abdulla 1 mlrd dollar evaziga ozodlikka qo‘yib yuborilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025