Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Badavlat oila farzandlarining ixtirochi bo‘lish imkoni 10 karra ko‘p ekani aniqlandi
Badavlat oilalarda dunyoga kelgan bolalarda ixtirochi bo‘lish imkoni o‘rtaholdan past darajadagi oila farzandlariga nisbatan 10 karra ko‘p ekan. Stenford, Garvard, MIT va AQSh Moliya vazirligi iqtisodchilari o‘z tadqiqoti asnosida shu haqida ma'lum qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, demografik guruhlar orasida ixtirochilar soniga doir katta nomutanosiblik mavjud va bu faqat moliyaviy tengsizlikka taalluqli emas. CNBC shu haqida xabar berdi.
Oq tanli bolalarning ixtirochi bo‘lish ehtimoli qora tanlilarga nisbatan uch karra ko‘p. 40 yoshli ixtirochilarning bor-yo‘g‘i 18 foizigina — ayollar. Rivojlanishning hozirgi bosqichida gender tenglikka yetishish uchun 118 yil kerak bo‘ladi. Agar ayollar va qora tanlilar, shuningdek nochor oilalardan chiqqan bolalar ham badavlat bolalardagi dastlabki sharoitlarga ega bo‘lishganida edi, ixtirochilar soni to‘rt barobarga oshar edi.
Bo‘lg‘usi kasbga, ayniqsa, atrof-muhit kuchli ta'sir ko‘rsatar ekan. Ixtirochilar orasida yashovchi bolalar ham katta ehtimol bilan texnik oliygohlarga o‘qishga kirishadi. Ya'ni, oila va atrofdagi odamlar bola qobiliyatlarining rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Iqtisodchilar hatto 1,2 million ixtirochining (1996 yildan 2014 yilga qadar patentga ariza topshirgan kishilar) ma'lumotlarini ham tahlil qilib chiqishdi va oilaviy muhit hatto ixtiro turiga ham ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Masalan, Kremniy vodiysida ulg‘aygan bolalar keyinchalik kompyuterlar bilan bog‘liq turli devayslar yaratish bilan shug‘ullanishadi. Yuqori texnologik tibbiy uskunalar ishlab chiqariluvchi Minneapolisda yashovchi bolalar esa, kelgusida aynan shu sohaga doir patentlarga ariza berishadi. Tadqiqotchilar agar shu bolalarning ota-onalari boshqa shaharga ko‘chib ketishganida edi, bu ularning ixtirochi bo‘lish imkonini 17 foizga tushirardi, deya hisoblashmoqda.
Shubhasiz, atrof-muhit juda muhim rol o‘ynaydi: badavlat oilalar bolalari muayyan dahalarda istiqomat qilishadi, ma'lum bir maktablarga qatnashadi, so‘ng muayyan oliy o‘quv dargohlarida ta'lim olishadi va oxir-oqibat yaxshi haq to‘lanuvchi ishga joylashishadi — Stenforddagi tadqiqotlar bu dalillarni tasdiqladi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunda o‘qituvchilar (ota-ona yoki ularning do‘stlari) katta o‘rin tutadi, ular o‘zlari misolida yoshlarga ilhom baxsh etishadi va kelgusida ularning kasb tanlashiga ta'sir o‘tkazishadi.
Tadqiqot, shu tariqa asosiy savolga javob beradi: "Qanday qilib davlat miqyosida ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish mumkin?". Hukumat odatda texnik universitetlarni moliyalashtirishga va soliq imtiyozlarini yaratishga katta e'tibor qaratadi. Biroq AQShning yetakchi oliygohlari olimlarining fikricha, mentor dasturlar rivojiga mablag‘ ajratish undan-da kuchliroq ta'sir ko‘rsatgan bo‘lardi.
Mavzuga oid
21:43 / 07.04.2023
Inson huquqlari faoli O‘zbekistonda bolalar zo‘ravonligi kamaymayotgani sabablari haqida gapirdi
11:34 / 07.04.2023
Jinoyatga aylangan “oilaviy zo‘ravonlik”, jazosi og‘irlashtirilgan jinsiy tajovuz – ayollar va bolalar himoyasi kuchaytiriladi
10:53 / 18.03.2023
Kattaqo‘rg‘onda bolalarini qiynagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13:05 / 16.03.2023